BOG‘DORCHILIK VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARI INTEGRATSIYALASHUVIDA RAQAMLI AGROSERVIS XIZMATLARINING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDAGI O‘RNI

Authors

  • Xolliyev Sh.B. Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Author

Keywords:

raqamli agroservis, bog‘dorchilik, eksport salohiyati, xizmat ko‘rsatish, integratsiya, sertifikatlash, elektron savdo, agronomik maslahat, qiymat zanjiri.

Abstract

Maqolada bog‘dorchilik xo‘jaliklariga ko‘rsatiladigan raqamli va agroservis xizmatlari – agronomik maslahat, sertifikatlash, sug‘urta, elektron savdo va bozor axboroti – meva-sabzavot eksporti samaradorligiga qanday ta’sir qilishi tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi eksportning geografik va narx tuzilmasini tahlil qilish hamda xizmatlardan foydalanish darajasi bilan xo‘jalik natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashdan iborat. Rasmiy statistika asosida 2024-yildagi eksportning mamlakatlar bo‘yicha birlik narxlari hisoblandi, Qashqadaryo viloyatidagi 60 ta bog‘dorchilik xo‘jaligi bo‘yicha so‘rov ma’lumotlari guruhlash, korrelyatsion va regression tahlil usullari bilan o‘rganildi. Natijalar eksportning bir kilogrammi narxi bozorlar bo‘yicha 0,36 dollardan 1,84 dollargacha farqlanishini, uchta va undan ortiq xizmatdan foydalanadigan xo‘jaliklarda esa realizatsiya narxi 47 foiz, eksport ulushi 5,8 barobar yuqori ekanini ko‘rsatdi. Raqamli agroservis ekotizimining modeli taklif qilindi. Natijalar eksportni qo‘llab-quvvatlash siyosatini xizmatlar majmuasiga yo‘naltirishda va klasterlar faoliyatini baholashda qo‘llanilishi mumkin.

References

1.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston 2024-yilda eng ko‘p meva-sabzavot eksport qilgan davlatlar. – Toshkent, 2025. – URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/63077

2.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston 10 oyda xorijga 1,7 mlrd dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilgan. – Toshkent, 2025. – URL: https://stat.uz/en/press-center/news-of-committee/65628

3.O‘zbekiston meva-sabzavot eksportini deyarli 12 foizga oshirdi (Statistika agentligi ma’lumotlari) // Kursiv.media. – 2024. – URL: https://uz.kursiv.media/uz/2024-10-22/ozbekiston-qaysi-meva-sabzavotni-eng-kop-eksport-qildi/

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni. – URL: https://lex.uz/docs/5031048

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni. – URL: https://lex.uz/docs/4567334

6.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agroservis operator” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2021-yil 3-apreldagi 180-son Qarori. – URL: https://lex.uz/docs/5353783

7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son Qarori. – URL: https://lex.uz/docs/5774700

8.Anderson J.R., Feder G. Agricultural Extension: Good Intentions and Hard Realities // The World Bank Research Observer. – 2004. – Vol. 19, No. 1. – P. 41–60.

9.Aker J.C. Dial “A” for agriculture: a review of information and communication technologies for agricultural extension in developing countries // Agricultural Economics. – 2011. – Vol. 42, No. 6. – P. 631–647. – DOI: 10.1111/j.1574-0862.2011.00545.x

10.Jensen R. The Digital Provide: Information (Technology), Market Performance, and Welfare in the South Indian Fisheries Sector // The Quarterly Journal of Economics. – 2007. – Vol. 122, No. 3. – P. 879–924.

11.Wolfert S., Ge L., Verdouw C., Bogaardt M.-J. Big Data in Smart Farming – A review // Agricultural Systems. – 2017. – Vol. 153. – P. 69–80.

12.Klerkx L., Jakku E., Labarthe P. A review of social science on digital agriculture, smart farming and agriculture 4.0: New contributions and a future research agenda // NJAS – Wageningen Journal of Life Sciences. – 2019. – Vol. 90–91. – Article 100315. – DOI: 10.1016/j.njas.2019.100315

13.Sheripbaeva U. O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarining eksport potentsiali // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Sentabr. – B. 165–172. – URL: https://e-itt.uz

14.Yaxshiboyev B.A. Qashqadaryo viloyati meva-sabzavotchilik klasterlari rivojlanishining hududiy xususiyatlari // Ilmiy jurnal. – 2025. – № 6. – URL: https://journal.ndpi.uz/ss/en/article/view/3707

15.Gereffi G., Humphrey J., Sturgeon T. The governance of global value chains // Review of International Political Economy. – 2005. – Vol. 12, No. 1. – P. 78–104.

16.Porter M.E. Clusters and the New Economics of Competition // Harvard Business Review. – 1998. – Vol. 76, No. 6. – P. 77–90.

17.World Bank. From Root to Fruit: Growing the Horticulture Sector in Uzbekistan. – Washington, DC: World Bank, 2025. – URL: https://www.worldbank.org/en/results/2025/04/15/from-root-to-fruit-growing-the-horticulture-sector-in-uzbekistan

Downloads

Published

2026-11-14