CHIZIQLI-OPTIK BELL ANALIZATORLARINING SAMARADORLIK CHEGARALARINI KVANT MEXANIKASI OPERATORLARI YORDAMIDA TAHLIL QILISH
Keywords:
Kvant mexanikasi, kvant optikasi, Bell holatlari, unitar operatorlar, chiziqli optika, proeksion oʻlchash, simmetriya, foton.Abstract
. Mazkur maqolada kvant axboroti va kvant kommunikatsiyalarining fundamental asosi hisoblangan Bell holatlarini chiziqli-optik tizimlarda deteksiyalash muammosi tadqiq etilgan. Chiziqli-optik elementlar (yarim shaffof koʻzgular, faza siljitgichlar) yordamida toʻrtta ortogonal Bell holatlarini bir-biridan toʻliq ajratishdagi fizik cheklovlar kvant mexanikasining unitar operatorlari va proeksion oʻlchashlar apparati orqali tahlil qilingan. Tizimga qoʻshimcha chiziqsiz effektlar yoki yordamchi fotonlar kiritilmagan taqdirda, an'anaviy chiziqli optika yordamida maksimal samaradorlik chegarasi 50% dan oshmasligi matematik jihatdan isbotlangan. Olingan natijalar kvant repeaterlari va kvant kriptografiyasi protokollarini optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega.
References
1.Bell, J. S. (1964). On the Einstein Podolsky Rosen paradox. Physics Physique Fizika, 1(3), 195.
2.Lütkenhaus, N., Calsamiglia, J., & Suominen, K. A. (1999). Bell-state measurements in quantum teleportation. Physical Review A, 59(5), 3295.
3.Knill, E., Laflamme, R., & Milburn, G. J. (2001). A scheme for efficient quantum computation with linear optics. Nature, 409(6816), 46-52.
4.Calsamiglia, J. (2002). Generalized Bell-state measurements. Physical Review A, 65(3), 030301.
5.Scully, M. O., & Zubairy, M. S. (1997). Quantum Optics. Cambridge University Press.