DAVLAT TOMONIDAN YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI YUKSALTIRISH ZARURATI
Keywords:
yoshlar, intellektual salohiyat, inson kapitali, intellektual kapital, davlat yoshlar siyosati, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, ta’lim, innovatsiya, ijtimoiy-madaniy omillar.Abstract
Mazkur maqolada yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Yoshlarning intellektual salohiyati inson kapitali va intellektual kapitalning muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilib, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi ta’limiy, ijtimoiy, madaniy va institutsional omillar yoritiladi. Shuningdek, mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil, ijodkorlik, axborot bilan ishlash va ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishda davlat yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari, oila va mahalla hamkorligining o‘rni ochib beriladi. Maqolada yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirish mamlakatning innovatsion rivojlanishi, samarali davlat boshqaruvi va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bilan uzviy bog‘liqligi asoslanadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. 2016-yil 14-sentabr, O‘RQ-406-son.
2.Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2022.
3.Bilish falsafasi (gnoseologiya). — Toshkent: Universitet, 2005.
4.Ismoilov T.I. O‘zbekistonda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligi va bandligini ta’minlashning institutsional tizimi: falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. — Toshkent, 2020.
5.Temur tuzuklari. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2018.