ZAMONAVIY HAYOT TARZINING INSON BIOLOGIK SOATI VA MELATONIN GORMONIGA TA’SIRI
Keywords:
biologik soat, melatonin, epifiz bezi, uyqu-uyg‘onish sikli, sun’iy yorug‘lik, tungi mehnat, metabolik sindrom.Abstract
Maqolada zamonaviy turmush tarziga xos sun’iy yorug‘lik, raqamli qurilmalardan foydalanish, tungi mehnat, uyqu vaqtining beqarorligi, ovqatlanish tartibi va psixoemotsional zo‘riqishning inson biologik soati hamda melatonin sekretsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi biologik vaqtni boshqaruvchi fiziologik mexanizmlarni yoritish, melatonin ishlab chiqarilishining tashqi omillarga bog‘liqligini baholash va biologik vaqt bilan kundalik faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikning salomatlikka ta’sirini aniqlashtirishdan iborat. Maqola ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va qiyosiy umumlashtirish usulida tayyorlandi. Tahlillar yorug‘likning noto‘g‘ri vaqtda ta’sir qilishi, uyqu rejimining buzilishi va tungi ovqatlanish fiziologik jarayonlarning muvofiqlashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biologik vaqtga mos kun tartibi, kechki yorug‘likni cheklash va muntazam uyqu metabolik hamda psixoemotsional salomatlikni saqlashning muhim shartlaridir.
References
1.Lu J., Zou R., Yang Y., Bai X., Wei W., Ding R., Hua X. Association between nocturnal light exposure and melatonin in humans: a meta-analysis // Environmental Science and Pollution Research. — 2024.
2.National Heart, Lung, and Blood Institute. Circadian Rhythm Disorders: Treatment. — National Institutes of Health, 2022
3.National Toxicology Program. Night Shift Work and Light at Night: Circadian Disruption Studies. — NTP Cancer Hazard Assessment Report. — 2021
4.The effect of evening light on circadian-related outcomes: A systematic review // Sleep Medicine Reviews. — 2022.
5.Swope C. B., Rong S., Campanella C., Phillips A. J. K., Cain S. W., McGlashan E. M. Factors associated with variability in the melatonin suppression response to light: A narrative review // Chronobiology International. — 2023
6.Ahmedova O. A. Endokrin tizim: markaziy endokrin bezlar (gipotalamus, gipofiz, epifiz) // SYNAPSES: Insights across the Disciplines. — 2025.