ANOR PO‘STI CHIQINDILARIDAN BIOFAOL KOMPONENTLARNI AJRATIB OLISH VA ULAR ASOSIDA INTELLEKTUAL BIO-QOPLAMA YARATISHNING ILMIY-TEXNOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Punica granatum L., anor po‘sti, biofaol komponentlar, polifenollar, flavonoidlar, antioksidantlik, bio-qoplama, intellektual qadoqlash, pH-indikator, antotsianin, oziq-ovqat texnologiyasi.Abstract
Maqolada anor (Punica granatum L.) po‘sti chiqindilarini qimmatli ikkilamchi xom ashyo sifatida qayta ishlash, ular tarkibidagi biofaol komponentlarni ajratib olish va mazkur komponentlar asosida anor mevalarini saqlash uchun mo‘ljallangan intellektual bio-qoplamalar ishlab chiqishning ilmiy-texnologik asoslari tahlil qilingan. Anor po‘sti tarkibidagi fenol birikmalari, flavonoidlar, tanninlar va boshqa antioksidant komponentlar uni funktsional qoplama uchun istiqbolli manbaga aylantiradi. Tadqiqot kontseptsiyasida ekstraktsiya jarayonini optimallashtirish, ekstraktning umumiy polifenol miqdori va antioksidantlik faolligini aniqlash, biopolimer matritsa asosida bio-qoplama shakllantirish hamda pH-sezgir indikatorni qoplama tizimiga integratsiyalash nazarda tutilgan. Intellektual bio-qoplamaning funktsionalligi uning mexanik, optik, barьer, antioksidant va indikatorlik xususiyatlari orqali baholanishi taklif etilgan. Tadqiqot natijalaridan anor po‘sti chiqindilarini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega funktsional materialga aylantirish va oziq-ovqat qadoqlash texnologiyasida sirkulyar yondashuvni shakllantirishda foydalanish mumkin.
References
1.Kumar N., Daniloski D., Pratibha et al. Pomegranate peel extract – A natural bioactive addition to novel active edible packaging. Food Research International. 2022;156:111378. DOI: 10.1016/j.foodres.2022.111378.
2.Recent advances in anthocyanin-based films and its application in sustainable intelligent food packaging: A review. Food Control. 2024;162:110431. DOI: 10.1016/j.foodcont.2024.110431.
3.Anthocyanin-based pH-sensitive smart packaging films for monitoring food freshness. Journal of Agriculture and Food Research. 2022;9:100340. DOI: 10.1016/j.jafr.2022.100340.
4.Recent advances in the development and application of anthocyanin-based intelligent active food packaging: a review. Food Chemistry. 2025;492:145309. DOI: 10.1016/j.foodchem.2025.145309.