AYRIM d-METALL IONLARINING 2-AMINOTIADIAZOL-1,3,4 BILAN KOMPLEKS BIRIKMALARINI SPEKTROSKOPIK TADQIQOTLARI
Keywords:
2-amino-1,3,4-tiadiazol, d-metall ionlari, kompleks birikmalar, IQ-spektroskopiya, YaMR-spektroskopiya, tautomeriya, koordinatsion son, monodentat ligand.Abstract
Ushbu maqolada ayrim oraliq d-metallari (Zn(II), Ag(I), Cd(II)) ionlarining 2-amino-1,3,4-tiadiazol (L1 yoki atdz) ligandi asosidagi gomo- va geteroligandli koordinatsion birikmalari spektroskopik va fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq etilgan. Sintez qilingan komplekslarning tuzilishi va markaziy ion atrofidagi koordinatsion poliedrlar tabiati zamonaviy IQ-, 1H YaMR- va UB-spektroskopiya tahlillari asosida tahlil qilingan. Ligand tarkibidagi endotsiklik va ekzotsiklik donor markazlarning metall ionlariga koordinatsiyalanish qonuniyatlari hamda eritma muhitida sodir bo‘ladigan amino-imin tautomerlanish jarayonlari spektral parametrlar siljishi orqali isbotlangan.
References
1.Husenov Q.Sh. Ayrim oraliq metall ionlarining 1,3,4-tiadiazol hosilalari va aminokislotalar bilan kompleks birikmalari: Diss. dok. (DSc) kimyo fanlari. – Navoiy, 2025. – 211 b.
2.Fabretti A.C., Franchini G., Peyronel G. // Journal of Coordination Chemistry. – 1982. – Vol. 12. – P. 175-179.
3.Maekawa M., Munakata M. et al. // Inorganica Chimica Acta. – 1995. – Vol. 230. – P. 153-158.
4.Garnovskiy A.D., Vasilchenko I.S. // Uspexi Ximii. – 2002. – T. 71. – S. 369-373.
5.Kozlovskiy X., Ion A. // Coordination Chemistry Reviews. – 2009. – Vol. 253. – P. 2665-2685.