O‘ZBЕK OILALARIDA GЕNDЕR MUNOSABATLARINING - IJTIMOIУ-РЕDAGOGIK, TARIХIУ ASOSLARI
Keywords:
gender, gender munosabatlari, o‘zbek oilasi, oila-nikoh munosabatlari, erkakning ijtimoiy roli, ayolning ijtimoiy roli, gender stereotiplari, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, ijtimoiy mas’uliyat, oilaviy tarbiya, globallashuv, ijtimoiy transformatsiya, gender tengligi.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek oilalarida gender munosabatlarining ijtimoiy-pedagogik va tarixiy asoslari tahlil qilinadi. O‘zbek jamiyatida oila, nikoh, erkak va ayolning ijtimoiy rollari, ularning tarixan shakllangan vazifa va majburiyatlari milliy qadriyatlar, urf-odatlar hamda an’analar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Xususan, erkakning oilani moddiy ta’minlovchi, “boquvchi” sifatidagi an’anaviy funksiyasi, ushbu ijtimoiy talabning uning ruhiy holati, ijtimoiy mavqeyi va xulq-atvoriga ta’siri tahlil etiladi. Shuningdek, oilaviy va qarindoshlik munosabatlarida moddiy mas’uliyat, to‘y-marosimlar, o‘zaro ijtimoiy majburiyatlar hamda jamoatchilik fikrining erkak va ayol hayotiga ta’siri ochib beriladi. Maqolada bozor iqtisodiyoti, globallashuv, zamonaviy axborot texnologiyalari va ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida o‘zbek oilalaridagi an’anaviy gender stereotiplarining transformatsiyaga uchrayotgani alohida ta’kidlanadi. Xotin-qizlarning ta’lim, mehnat va ijtimoiy hayotdagi faolligi ortib borishi natijasida oiladagi gender rollari ham yangicha mazmun kasb etayotgani ko‘rsatib beriladi. Gender tushunchasini faqat ayollar muammosi yoki feminizm bilan bog‘lash bir tomonlama yondashuv ekani asoslanib, u erkak va ayolning jamiyatdagi huquqlari, imkoniyatlari, mas’uliyati va ijtimoiy mavqeyini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishga xizmat qiluvchi ilmiy kategoriya sifatida talqin etiladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2.O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – Toshkent: Adolat, 1998 (keyingi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
3.O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
4.O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
5.Karimova V.M. Oila psixologiyasi: pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik. – Toshkent, 2007. – 316 b.
6.Karimova V.M., G‘oyibova N.A. Oila psixologiyasi. – Toshkent: Ilm-ziyo-zakovat, 2022. – 232 b.
7.Shoumarov G‘.B. va boshq. Oila psixologiyasi: akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2008.
8.Akramova F.A. Oilada muomalani tashkil etish psixologiyasi. – Toshkent: Shams ASA, 2006. – 90 b.
9.Akramova F.A., Abdullayeva R.M. Oilaviy hayotga oid psixologik tavsiyalar. – Toshkent: Shams ASA, 2002. – 63 b.
10.Abdusattorova O.A. Oila muhitida o‘smirlarda shakllanadigan jinsiy identifikatsiyaning gender xususiyatlari: psixologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: O‘zMU, 2007. – 22 b.
11.Salayeva M.S. O‘zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o‘zaro munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: psixologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi. – Toshkent: O‘zMU, 2005. – 198 b.
12.West C., Zimmerman D.H. Doing Gender // Gender & Society. – 1987. – Vol. 1, No. 2. – P. 125–151.
13.Bem S.L. The Lenses of Gender: Transforming the Debate on Sexual Inequality. – New Haven: Yale University Press, 1993.
14.Connell R.W. Gender. – Cambridge: Polity Press, 2002.
15.Bourdieu P. Masculine Domination. – Stanford: Stanford University Press, 2001.
16.Parsons T., Bales R.F. Family, Socialization and Interaction Process. – Glencoe, Illinois: Free Press, 1955.
17.Mead M. Sex and Temperament in Three Primitive Societies. – New York: William Morrow, 1935.
18.Giddens A. Sociology. – Cambridge: Polity Press, 2009.
19.UN Women. Uzbekistan: Country Fact Sheet. Gender Equality and Women’s Empowerment. – UN Women Data Hub.
20.Axmedova D.S. Zamonaviy jamiyatda oila, gender va urf-odatlar masalasi // Falsafa va Huquq jurnali. – 2026. – № 2 (36). – B. 192–194.