O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA OILA PSIXOLOGIYASI: SAID AHMAD VA O‘TKIR HOSHIMOV HIKOYALARI MISOLIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: oila psixologiyasi, oilaviy munosabatlar, badiiy talqin, milliy mentalitet, psixologik konflikt, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov, oilaviy qadriyatlar, personaj psixologiyasi, o‘zbek nasri.Abstract
Mazkur maqolada Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalarida oila psixologiyasining badiiy talqini tadqiq etiladi. Adiblar ijodida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik mohiyati, ota-ona va farzand, er-xotin hamda boshqa oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy konfliktlar, ishonch va sadoqat masalalari, shuningdek, oiladagi ruhiy muhitning shaxs kamolotiga ta’siri adabiy-psixologik yondashuv asosida yoritilgan. Xususan, Said Ahmadning “Sarob” hamda O‘tkir Hoshimovning “Nimadir bo‘ldi” hikoyalari misolida oilaviy qadriyatlarning buzilishi, ma’naviy inqiroz, shaxsiy manfaat va ruhiy ziddiyatlarning badiiy aks ettirilishi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek nasrida oila instituti murakkab ijtimoiy-psixologik tizim sifatida talqin etilganligini hamda oilaviy munosabatlarning milliy mentalitet va axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.
References
1.Аҳмад С. Умрим баёни. – Тошкент: Шарк, 2008. – Б. 48.
2.Fitrat. Oila. –Toshkent: Maʼnaviyat, 1998. –112 b.
3.Hoshimov O‘. Urushning so‘nggi qurboni. – Toshkent: Ziyo, 2019. – B 63-64.
4.Karimova V. Oila psixologiyasi. – Toshkent, 2004. – 157 b.
5.Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g‘urur. – Toshkent, 2000.
Владимирова Н.В. 60-йиллар ўзбек ҳикоянавислигида услубий изланишлар: Китобда:Ўзбек адабиѐтида жанрлар типологияси ва услуб рангбаранглиги. –Тошкент: Фан, 1983.