KASB-HUNAR TA’LIMIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING AHAMIYATI

Authors

  • Eshonqulov O‘razali Akram o‘g‘li Toshkent kimyo-texnologiya instituti SMM fakulteti tyutori Author
  • Boboyev Abror Toshkent kimyo-texnologiya instituti Tillar kafedrasi dotsenti Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: kasb-hunar ta’limi, kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy kompetensiya, kasbiy tayyorgarlik, bilim, ko‘nikma, malaka, amaliy faoliyat, innovatsion ta’lim, pedagogik texnologiya, mustaqil ta’lim, raqamli texnologiyalar.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tezisda kasb-hunar ta’limida kompetensiyaviy yondashuvning mazmun-mohiyati, pedagogik ahamiyati hamda malakali mutaxassis tayyorlashdagi o‘rni yoritilgan. Zamonaviy mehnat bozori ta’lim oluvchidan faqat nazariy bilimlarni egallashni emas, balki ularni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash, kasbiy vaziyatlarni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni hal etish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, kompetensiyaviy yondashuv kasb-hunar ta’limining mazmunini amaliy faoliyat bilan bog‘lash, ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va ularni kelajakdagi mehnat faoliyatiga tayyorlashning muhim pedagogik sharti hisoblanadi. Tezisda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda amaliy mashg‘ulotlar, muammoli va loyihaviy ta’lim, ishlab chiqarish amaliyoti, mustaqil ta’lim hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil qilingan.

References

1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.

2.Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. — Toshkent, 2007.

3.Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirish. — Toshkent: Fan, 2004.

4.Muslimov N.A. Kasbiy ta’lim metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2014.

5.Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. — Toshkent: Fan, 2003.

6.Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. — Toshkent: Fan, 2006.

7.Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. — Toshkent: Sharq, 2015.

8.Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A.H. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. — Toshkent: Iste’dod, 2008.

9.Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. — Toshkent: Fan, 2007.

10.Hamidov J.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish texnologiyasi. — Toshkent: Sano-standart, 2017

Downloads

Published

2026-10-09