IGA-NEFROPATIYADA KAM IFODALANGAN TONZILLYAR YALLIG‘LANISH VA TONZILLEKTOMIYANING KLINIK AHAMIYATI
Keywords:
Tadqiqot 2018–2022 yillarda prospektiv kuzatuv tamoyili asosida olib borilgan va surunkali tonzillit belgilari mavjud 18–48 yoshdagi 174 nafar katta yoshli bemorni qamrab olgan.Abstract
Annotatsiya. IgA-nefropatiyada surunkali tonzillit ko‘pincha odatdagi klinik tasavvurga mos kelmaydigan, kam ifodalangan yoki bezangin kechish bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Tanglay bodomchalaridagi surunkali yallig‘lanish bilan glomerulyar IgA-jarayon o‘rtasidagi immunologik bog‘liqlik turli tadqiqotlarda muhokama qilingan. Ushbu ishning maqsadi IgA-nefropatiyali bemorlarda tonzillyar belgilar xususiyatlarini, ikki tomonlama tonzillektomiyadan keyingi proteinuriya dinamikasini va gemorragik xavfni baholashdan iborat bo‘ldi. Prospektiv kuzatuvga 18–48 yoshdagi 174 bemor kiritildi. Birinchi guruhda surunkali tonzillit va IgA-nefropatiyasi bo‘lgan 102 bemorga ikki tomonlama tonzillektomiya bajarildi; ikkinchi guruhdagi 27 bemor operatsiyadan voz kechgani sababli konservativ davolandi; uchinchi guruhga buyrak kasalligi bo‘lmagan, surunkali tonzillitli 45 bemor kiritildi. IgA-nefropatiyali guruhlarda tomoq og‘rig‘i, tonsillyar tiqinlar, tez-tez angina va bodomcha gipertrofiyasi nazorat guruhiga nisbatan kamroq qayd etildi. Operatsiya bajarilgan bemorlarda siydikdagi oqsil medianasi davolashgacha 1,100 dan 3-kuni 0,934, 1 oyda 0,600 va 6 oyda 0,325 g/l gacha kamaydi; umumiy dinamika statistik jihatdan ahamiyatli bo‘ldi (p<0,001). Konservativ guruhda proteinuriya bo‘yicha ishonchli dinamik o‘zgarish aniqlanmadi. Shu bilan birga tonzillektomiya vaqtida qon yo‘qotish IgA-nefropatiyali bemorlarda ko‘proq bo‘lgan, operatsiyadan keyingi qon ketish 16,7 foiz, buyrak patologiyasi bo‘lmagan guruhda esa 4,4 foizni tashkil etdi (p=0,042)
Shuning uchun davolash qarori faqat tomoqdagi shikoyatlar og‘irligiga emas, balki faringoskopik ko‘rik, umumiy siydik tahlili, proteinuriya darajasi, arterial bosim, gemostaz va nefrologik holatni birgalikda baholashga asoslanishi kerak.