SURUNKALI RINOSINUSITDA ENDOSKOPIK SINUS JARROHLIGINI REJALASHTIRISHDA KOMPYUTER TOMOGRAFIYANING AHAMIYATI

Authors

  • Zulunov Bobur Sobirovich Prof Med Servis xususiy klinikasi otorinolaringolog shifokori Author
  • Shayxova Xolida Erkinovna Toshkent davlat tibbiyot universiteti otorinolaringologiya kafedrasi professori, t.f.d. Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: kompyuter tomografiya, endoskopik sinus jarrohligi, anatomik variant, operatsiyani rejalashtirish, frontal recess, g‘alvirsimon labirint, xavfsizlik.

Abstract

Annotatsiya. Endoskopik sinus jarrohligida xavfsizlik ko‘p jihatdan bemorning individual anatomiyasini operatsiyadan oldin to‘g‘ri baholashga bog‘liq. Burun yondosh bo‘shliqlari va g‘alvirsimon labirint tuzilishining katta variabelligi, kalla asosi, ko‘z kosasi va muhim tomir-nerv tuzilmalarining yaqin joylashuvi jarrohlik paytida aniq anatomik yo‘nalishni talab qiladi. Ushbu tezisda kompyuter tomografiya ma’lumotlarini tizimli tahlil qilishning endoskopik aralashuvni rejalashtirishdagi o‘rni ko‘rib chiqildi. KTni koronal, aksial va sagittal tekisliklarda ketma-ket baholash frontal recess, g‘alvirsimon plastinka, ko‘z kosasining medial devori, oldingi g‘alvirsimon arteriya, Onodi hujayrasi, ko‘ruv nervi va ichki uyqu arteriyasi bilan bog‘liq xavfli anatomik variantlarni oldindan aniqlash imkonini beradi. Tuzilmaviy KT bahosi operatsiya hajmini individual tanlash va asoratlar xavfini kamaytirish uchun muhim bosqichdir.

Downloads

Published

2026-09-23