HUDUDLAR O‘RTASIDA SANOAT FAOLIYATINI DIVERSIFIKATSIYALASH VA KORXONALARNING BOZOR USTUNLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY KONSEPSIYALARI

Authors

  • Rahmonova Tillaoy Malik qizi Qarshi davlat universiteti Mustaqil tadqiqotchisi Author

Abstract

Hududiy diversifikatsiya ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi. Turli hududlarda mehnat resurslari narxi, xomashyo bazasi, energiya ta’minoti va logistika sharoitlari farqlanadi. Korxonalarning ushbu omillarni hisobga olgan holda joylashuvi tannarxni pasaytirish va xarajatlar bo‘yicha yetakchilik strategiyasini amalga oshirish imkonini yaratadi. Natijada korxona narx ustunligiga ega bo‘ladi va bozor ulushini kengaytiradi. Innovatsion faoliyatni rag‘batlantiradi va turli mintaqalarda ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi, texnoparklar, sanoat klasterlari va malakali kadrlar salohiyatining mavjudligi korxonalarga yangi mahsulotlar ishlab chiqish va texnologik modernizatsiyani jadallashtirish imkonini beradi. Bu esa mahsulot differensiasiyasini kuchaytiradi va korxonaning uzoq muddatli raqobat ustunligini shakllantiradi. Hududiy diversifikatsiya risklarni kamaytirishda bir hududga haddan tashqari bog‘lanish iqtisodiy beqarorlik, resurs tanqisligi yoki ekologik cheklovlar ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Ishlab chiqarish quvvatlarining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi esa tashqi shoklar ta’sirini yumshatadi va barqarorlikni ta’minlaydi. Bu jihat ayniqsa global raqobat kuchaygan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi.

References

1.Rodrik D. Industrial policy for the twenty-first century // Harvard University Working Paper. – 2004. – 57

2.Stiglitz J.E. Economics of the Public Sector. – New York: W.W. Norton & Company, 2000. – 823 p.

3.Lin J.Y. New Structural Economics: A Framework for Rethinking Development. – Washington: World Bank, 2012. – 373 p.

4.Rodrik D. Industrial Policy for the Twenty-First Century // Harvard University Working Paper. – 2004. – 57 p.

5.Aghion P., Howitt P. The Economics of Growth. – Cambridge: MIT Press, 2009. – 511 p.

6.Krueger A.O. Government Failures in Development // Journal of Economic Perspectives. – 1990. – Vol. 4, № 3. – P. 9–23.

7.Chang H.J. Kicking Away the Ladder: Development Strategy in Historical Perspective. – London: Anthem Press, 2002. – 187 p.

Downloads

Published

2026-08-30