B2B VA B2C SEGMENTLARIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA BAHOLASH STRATEGIYALARI

Authors

  • Abdusalimov Xasanboy Abdumalik o'g'li Author

Keywords:

An’anaviy marketing vositalari bilan bir qatorda internet reklama, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, qidiruv tizimlarini optimallashtirish, elektron tijorat platformalari va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlaridan foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Abstract

 

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi sharoitida B2B (Business-to-Business) va B2C (Business-to-Consumer) segmentlarida samarali raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda ularning natijadorligini baholash korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda dunyo bo‘yicha internet foydalanuvchilari soni 6 milliard kishiga yetib, jahon aholisining qariyb 74 foizini tashkil etgan. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), ijtimoiy tarmoqlar va elektron tijorat platformalarining rivojlanishi korxonalarga iste’molchilar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, maqsadli auditoriyani segmentlash, marketing xarajatlarini optimallashtirish hamda mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, B2B segmentida korporativ mijozlar bilan barqaror hamkorlikni rivojlantirish, B2C segmentida esa iste’molchilar faolligini oshirish va individual marketing yondashuvlarini qo‘llash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur global tendensiyalar O‘zbekiston korxonalari uchun ham raqamli marketing strategiyalarini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, zamonaviy marketing texnologiyalarini joriy etish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash zaruratini yuzaga keltirmoqda.

References

1.Rajabova M.A. Sanoat korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqish // Raqamli iqtisodiyot. – 2025. – № 8. – B. 168–184. https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.110010.

2.Qodirov F., Rajabova D. Raqamli va ijtimoiy media marketing yordamida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish // Nauka i innovatsiya. – 2025. – B. 65–68. https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.73167.

3.Kasimova F.T. Формирование системы цифрового маркетинга в малом бизнесе // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2024. – B. 330–335. https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.48638.

4.Zumstein D., Oswald C., Gasser M., Lutz R., Schoepf A. Marketing Automation Report 2021: Lead Generation and Lead Qualification Through Data-Driven Marketing in B2B. – 2021. https://doi.org/10.21256/zhaw-2402.

5.Gopala Kn., Kavya Bm. Effect of Social Media in Business to Business (B2B) Marketing: A Quantitative Study // International Journal of Research in Marketing Management and Sales. – 2025. – Vol. 7. https://doi.org/10.33545/26633329.2025.v7.i2b.287.

6.Rashmi, Adhana D.K. Content Marketing in B2C: Unraveling the Key Drivers of Effectiveness // Asian Journal of Management and Commerce. – 2023. – Vol. 4. https://doi.org/10.22271/27084515.2023.v4.i2c.216.

Downloads

Published

2026-10-30