RAQAMLI MAKONDA SHAXSGA DOIR MAʼLUMOTLAR DAXLSIZLIGINI TAʼMINLASHNING FUQAROLIK-HUQUQIY MUAMMOLARI VA QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
shaxsga doir maʼlumotlar, raqamli makon, fuqarolik huquqi, shaxsiy daxlsizlik, subyekt huquqlari, maʼnaviy zarar, kompensatsiya, GDPR, ommaviy oferta.Abstract
Ushbu maqolada global raqamlashtirish va axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlarini himoya qilishning fuqarolik-huquqiy mexanizmlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Muallif Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi "Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida"gi Qonuni normalarini oʻrganib, raqamli makonda (kibermakonda) yuzaga kelayotgan huquqiy boʻshliqlar va tizimli muammolarni ochib beradi. Tadqiqot doirasida shaxsiy daxlsizlik huquqi buzilganda maʼnaviy zararni qoplash, ommaviy ofertalar orqali rozilikni majburlash amaliyoti va xalqaro tajriba (GDPR standartlari) oʻrganilgan hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha aniq normalar taklif etilgan.
References
1.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2023.
2.Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, 02.07.2019-yildagi
3.OʻRQ-547-son. // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi (lex.uz).
4.Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Birinchi va ikkinchi qismlari). – Toshkent: Adolat, 2021.
5.General Data Protection Regulation (GDPR) // Regulation (EU) 2016/679 of the European Parliament and of the Council. OJ L 119, 4.5.2016.
6.Rustambekov I. Raqamli huquqlar tushunchasi va ularning fuqarolik huquqiy tabiati // Yuridik fanlar axboroti. – Toshkent, 2022. - №2. – B. 45-51.