IJTIMOIY XODIMLARNING ISH VAQTI BYUDJETI VA VAZIFALAR TAQSIMOTINING PROAKTIVLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Keywords:
ijtimoiy xodim, proaktiv yondashuv, ish vaqti byudjeti, «Inson» markazlari, keys-menejment, ijtimoiy kapital, kasbiy toliqish (burnout), ijtimoiy shartnoma.Abstract
Ushbu tezisda ijtimoiy xodimlarning ish vaqti byudjeti va vazifalar taqsimotining proaktivlik ko‘rsatkichlariga ta’siri sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilingan. Muallif xizmat ko‘rsatish jarayonida uchraydigan byurokratik to‘siqlar, elektron bazalarga ortiqcha ma’lumot kiritish kabi omillar xonadonlar bilan bevosita ishlash vaqtini qisqartirib yuborishini ko‘rsatib o‘tgan. Shuningdek, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatida aholining psixologik xususiyatlari, hududiy infratuzilma, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) bilan strategik sheriklik, mahalla darajasidagi noformal ijtimoiy kapital va ijtimoiy xodimlarning kasbiy nufuzi kabi masalalar atroflicha yoritilgan. Tadqiqot yakunida proaktiv ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, raqamli integratsiyani kuchaytirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash va kasbiy toliqishning (burnout) oldini olish bo‘yicha amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1.-O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. «Aholini ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmon va qarorlari. – Toshkent.
2.-Musurmonova O. Ijtimoiy ish asoslari va metodologiyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
3.-To‘xliyev N. va boshqalar. Ijtimoiy xizmatlar va keys-menejment texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.
4.-Zohidov S. S. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy ish amaliyoti va proaktiv yondashuv mexanizmlari «Sotsiologiya fanlari axborotnomasi» ilmiy jurnali. — Toshkent, 2024. — № 2. — B. 45–52.