KAUZATIVLIK TUSHUNCHASINING ARAB GRAMMATIK AN'ANASI VA O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TALQINI

Authors

  • Odiljonov Xalilillo Qudratillo o'g'li x Author

Keywords:

Kalit so'zlar: kauzativlik, ta'diya, hamzat at-ta'diya, tashdid, orttirma nisbat, valentlik, kauzativ vaziyat, chog'ishtirma tipologiya.

Abstract

Maqolada kauzativlik tushunchasining arab grammatik an'anasi va o'zbek tilshunosligida qanday talqin qilingani chog'ishtiriladi. Arab an'anasida kauzativlik alohida kategoriya sifatida ajratilmaydi: u ta'diya (fe'lni o'timli qilish) hodisasi doirasida, hamza (af'ala), tashdid (fa''ala) va bā' predlogi vositasida ko'rib chiqiladi. O'zbek tilshunosligida esa kauzativlik nisbat kategoriyasi tarkibidagi orttirma nisbat bilan bog'lanadi, ammo uning maqomi (so'z yasovchimi yoki shakl yasovchimi) hamon bahsli. Tahlil ikki an'ananing umumiy nuqtasi — valentlikning ortishi — ekanini, farqi esa kauzativlikning qaysi sathda (leksik-derivatsion yoki grammatik) qayd etilishida ekanini ko'rsatadi. Natijalar ikki tilni chog'ishtirishda yagona metatil sifatida tipologik "kauzativ vaziyat" tushunchasidan foydalanishni asoslaydi.

References

1.Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug'atayn / Nashrga tayyorl.: Oybek, P. Shamsiyev. – Toshkent, 1948. (B. Turniyozov [15] asari orqali keltirildi.)

2.Sībawayhi. Al-Kitāb / Taḥqīq: ʿAbd as-Salām Muḥammad Hārūn. – Al-Qāhira, 1966–1977.

3.Wright W. A Grammar of the Arabic Language. 3rd ed. – Cambridge: Cambridge University Press, 1896–1898.

4.Leemhuis F. Sibawaih's treatment of the D stem // Journal of Semitic Studies. – 1973. – Vol. 18. – P. 238–256.

5.Leemhuis F. The D and H Stems in Koranic Arabic: A Comparative Study of the Function and Meaning of the faʿʿala and ʾafʿala Forms in Koranic Usage. – Leiden: E. J. Brill, 1977.

6.Saad G. N. Transitivity, Causation and Passivization: A Semantic-Syntactic Study of the Verb in Classical Arabic. – London; Boston; Melbourne: Kegan Paul International, 1982.

7.Larcher P. Le système verbal de l'arabe classique. – Aix-en-Provence: Publications de l'Université de Provence, 2003.

8.Типология каузативных конструкций. Морфологический каузатив / Отв. ред. А. А. Холодович. – Л.: Наука, 1969.

9.Comrie B. Language Universals and Linguistic Typology: Syntax and Morphology. – Oxford: Blackwell, 1981.

Downloads

Published

2026-10-12