QORAMOLLAR ANAPLAZMOZIDA ERTA LABORATORIYA DIAGNOSTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • N.Karimova Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodim Author
  • Sh.Raxmonova Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti stajor-tadqiqotchi Author
  • Q.G‘oyibnazarov Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodim Author
  • A.G.G‘afurov Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti v.f.d., professor Author

Keywords:

qoramol, anaplazmoz, Anaplasma marginale, qon surtmasi, mikroskopiya, PSR, erta diagnostika, epizootologiya.

Abstract

Ushbu tezisda qoramollar anaplazmozining epizootologik holati, laboratoriya diagnostikasi va kasallik qo‘zg‘atuvchisi Anaplasma marginale ni aniqlashda mikroskopik hamda molekular-genetik usullarni qo‘llash natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Oltinsoy” va “Turdibek” fermer xo‘jaliklarida hamda taqqoslama tadqiqot sifatida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Do‘stboy” xo‘jaligida olib borildi. Qon namunalari Romanovskiy–Gimza usulida bo‘yalgan surtmalarni mikroskopik tekshirish va polimeraza zanjir reaksiyasi (PSR) yordamida tadqiq etildi. Jizzax viloyatida tekshirilgan 40 ta qon namunasining 21 tasida A. marginale morfologik belgilari aniqlanib, ekstensiv zararlanish ko‘rsatkichi 52,5% ni tashkil etdi. Mikroskopik usulda musbat natija bergan 11 ta namuna PSR usulida qayta tekshirilganda, ularning barchasida A. marginale DNKsi tasdiqlandi. Olingan natijalar qoramollar anaplazmozini erta aniqlashda mikroskopik va molekular usullarni kompleks qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi.

References

1.Дўсқулов В.М. Тейлериоз қўзғатувчилари –Th.annulata ни экспрес криоконсервaция қилиш усули.//Ёш олимлар –қишлоқ хўжалиги фани ва амалиётини юксалтиришда етакчи куч. Республика илмий-амалий коферециясининг илмий мақолалар тўплами. 2-жилд - Тошкент, “АГРО ИЛМ” журнали, 2008.-Б. 55-58.

2.Кожабоев М., Бердикулов М. Сезонная динамика и перспективы предохранения крупного рогатого скота от тейлериоза на юге Казахстана. //Зооветеринария.-Тошкент, 2010.- № 5.-С.16-17.

3.Ғафуров А.Ғ., Расулов Ў.И. Ветеринария протозоологияси, Ўқув Қўлланма, 2013 й, -Б.1-120.

4.Дўсқулов В.М. Қорамолларнинг қон-паразитар касаллигини махаллий препаратлар асосида даволаш ва олдини олиш. //Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги.-Тошкент, 2012.- № 8.- Б.30.

5.Гоибназаров К.Х. Криоконсервация возбудителя тейлериоза крупного рогатого скота Узбекистане //Современные достижения в решении Актуальных проблем Агропромышленного комплекса / Материалы международной научно-практической конференции, посвящённой 100-летию Института экспериментальной ветеринарии им С.Н.Вышелесского Минск,15-16 сентября 2022 г.-С.309-311.

6.G‘oyibnazarov Q.X., Karimova N.U., Gafurov A.G. Qoramollarni teyleriozdan asraylik. Veterinariya meditsinasi, 2023 y., № 8- 23-24 b.

Downloads

Published

2026-10-11